Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi
Donald Trampning savdo urushi va OPEC+ning qazib chiqarish hajmini yanada oshirish qarori bilan bog‘liq ravishda jahon neft bozorida yuz bergan qulash tufayli Rossiyaning Urals navli nefti narxi bir barreli uchun 50 dollar atrofigacha tushdi.

Foto: Reuters
Bu — Ukrainaga qarshi urush davridan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, joriy yilgi budjetda belgilangan narxdan qariyb 20 dollarga kam.
Argus Media ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni Boltiqbo‘yi Primorsk porti orqali yuklanayotgan Urals neftining bir barreli 52,76 dollar bo‘lgan, deb xabar beradi Bloomberg. Bu joriy yil budjeti uchun belgilangan 69,7 dollardan 25 foizga past.
O‘tgan hafta oxirida jahon bozorida keskin qulash ro‘y berdi, natijada Brent navli nefti narxi 12,5 foizga tushib ketdi va savdolarni 65,58 dollar darajasida yakunladi. Dushanba kuni narx 62,51 dollargacha pasaydi, so‘ngra taxminan 63,5 dollargacha ko‘tarildi.
Rossiya moliya vazirining o‘rinbosari Vladimir Kolichev mart oyida 2025 yilda neft narxining o‘rtacha darajasi 60 dollarga yaqin bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatda budjet taqchilligi YaIMning 1 foizigacha oshishi mumkin (joriy yilda budjetda bu ko‘rsatkich YaIMning 0,5 foizi etib belgilangan). Biroq, amalda narx bundan ham pastroq bo‘lishi ehtimoli bor. Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida Urals neftining o‘rtacha narxi 58,99 dollar, Brent neftiniki esa LSEG ma’lumotlariga ko‘ra 72,5 dollar bo‘lgan. Demak, Urals va Brent o‘rtasidagi farq 13,51 dollarni tashkil qilgan va agar bu farq saqlansa, Rossiya nefti narxi 50 dollar va undan ham pastroq bo‘lishi mumkin.
Bu narx — urush davrida qayd etilgan eng past daraja hisoblanadi. 2023 yilning dastlabki uch oyida soliq hisob-kitoblari uchun belgilangan Urals narxi o‘rtacha 49 dollar bo‘lgan. Biroq o‘shanda narxlar keyin jahon bozoridagi o‘sish bilan ko‘tarilgan bo‘lsa, bugun hech qanday ijobiy signallar yo‘q. ING tahlilchilarining yozishicha, «bozordagi ommaviy sotuvlar talabning pasayishi haqidagi xavotirlar narxlarga ta’sir qilayotgani»ni ko‘rsatadi.
Joriy narx darajalari yil oxirigacha o‘rtacha kunlik talabning 1 mln barrelga kamayishini anglatadi, bu esa yil yakunida 2024 yil bilan solishtirganda talab o‘zgarmay qolishini anglatadi, deyiladi ING hisobotida.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, agar asosiy iqtisodiy omillar yomonlashmasa, Brent nefti narxi endilikda 60–65 dollar atrofida bo‘lib qolishi mumkin.
Jahon bozoridagi qulash boshlanishidan oldin, mart oyining o‘zida Rossiya o‘tgan yilga nisbatan 15 foiz kamroq neft soliqlari yig‘di. Bloomberg nashrining RF Moliya vazirligi ma’lumotlariga asoslanib yozishicha, Rossiya budjetining taxminan 30 foizi neft va gaz daromadlaridan shakllanadi, va martda 956,8 mlrd rubl soliq yig‘ilgan. Bu Xitoydagi talabning pasayishi, OPEC+dan tashqarida ham qazib chiqarishning o‘sishi hamda AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan joriy yil yanvar oyida Rossiya neftiga nisbatan kiritilgan «xayrlashuv sanksiyalari»ning oqibati bo‘ldi.
Rossiya Banki o‘zining fevral oyidagi risklar sharhida neft narxlarining xuddi 1980–1990-yillarda bo‘lgani kabi uzoq muddatli past darajada saqlanib qolishi xavfi haqida ogohlantirgan edi. «Neft narxlarining 1974–1985 yillardagi yuqori davridan so‘ng 18 yil davomida past narxlar kuzatilgan», — deyiladi Markaziy bankning taqdimotida.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06
-
"Biznesni rivojlantirish banki" Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” ilovalari taqdimotini o‘tkazdi
O‘zbekiston | 16:59
-
Istanbul yaqinida zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 15:48
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
Mavzuga oid

11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025