“Tashabbusli budjet”da sheriklik loyihalari orasidan ilk g‘oliblar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Sharq” MFY Yusuf Hamadoniy ko‘chasining 360 metrlik qismini asfaltlash uchun 230 mln so‘m talab etiladi. Shuning 50 foizi – 115 mln so‘mini aholi moliyalashtirdi.
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani “Eski anhor” MFYdagi umumiy uzunligi 3 km bo‘lgan Mezonli va Oqar daryo ko‘chalarini asfaltlash uchun 1 mlrd 648 mln so‘m mablag‘ zarur. Buning yarmi (824 mln so‘m) aholi tomonidan to‘landi.
Natijada bu ikkita loyiha avtomatik ravishda g‘olib deb topildi.
O‘z loyihasini sheriklik asosida moliyalashtirishni istagan tashabbuskorlar mablag‘larni 10 mart soat 18:00 gacha tranzit hisobraqamlariga o‘tkazishlari lozim.
Loyihalarga ovoz berish 11 martdan boshlanadi.







