Tramp YeIning sanoat tovarlariga bojlarni olib tashlash taklifini rad etdi
Vashington Bryusselning savdo mojarosini hal qilish taklifidan qoniqmayapti va Yevropa Ittifoqidan AQShdan energiya importini oshirishni talab qilmoqda. Avvalroq Yevrokomissiya sanoat tovarlariga bojlarni o‘zaro bekor qilishni taklif etgan edi.

Foto: Michael Probst/AP/picture alliance
AQSh prezidenti Donald Tramp Bryusselning sanoat mahsulotlariga o‘rnatilgan barcha o‘zaro tariflarni bekor qilish taklifini rad etdi. Oq uy rahbari 7 aprel, dushanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyenning taklifini qoniqarli deb topdimi, degan savolga salbiy javob berdi.
Shu bilan birga, Tramp Yevropa Ittifoqi davlatlari AQShdan energiya importini sezilarli darajada oshirishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ularni AQShning YeI bilan joriy savdo kamomadiga teng miqdorda sotib olishi kerak. Tegishli import bilan bu defitsit «tezda yo‘qoladi», deya qo‘shimcha qildi u.
Amerika prezidenti yana bir bor AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi savdo munosabatlarini adolatsiz deb bilishini ta’kidladi. «Yevropa Ittifoqi bizga juda yomon munosabatda bo‘ldi, - dedi Donald Tramp. - Ular bizning mashinalarimizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishmaydi. Bizdan deyarli hech narsa sotib olishmaydi».
Tramp 20 foizlik import bojlarini e’lon qilgan bir paytda, Ursula fon der Lyayyen 7 aprel kuni AQSh prezidentiga sanoat tovarlariga nol tariflarni taklif qilganini va Yevropa Ittifoqi «har doim yaxshi kelishuvga tayyor» ekanligini aytdi.
Mavzuga oid

22:32 / 23.04.2025
Tramp: Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti

09:05 / 23.04.2025
Tramp Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini pasaytirishini e’lon qildi

18:37 / 22.04.2025
Harvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi

12:18 / 22.04.2025