Amerika armiyasi «Eroning davom etayotgan tajovuzi»ga javoban Eron hududidagi bir qança nişonlarga zarbalar yölladi, deb xabar qildi AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi (CENTCOM).
Harbiy kuzatuv inşootlari, aloqa tizimlari, havo hujumidan mudofaa kuçlari pozitsiyalari, dronlar saqlanadigan omborlar hamda dengizni minalaşda foydalaniladigan qurilmalar zarbalar uçun nişon bölgan. Markaziy qömondonlik oldingi zarbalar almaşinuvidan keyin Eronga «öt oçişni töxtatiş şartlariga rioya qiliş imkoniyati berilgani»ni ma’lum qildi. Ammo Eron kuçlari zarbdor dron qöllagan holda Hörmuz böğozi yaqinidan ötayotgan va Panama bayroği ostida harakatlangan tankerga zarba bergan.
U.S. Navy and Air Force fighter jets conducted strikes tonight on 10 Iranian military targets at multiple locations in and near the Strait of Hormuz for Iran's drone attack on M/T Kiku. pic.twitter.com/Z0TLZRqmF6
— U.S. Central Command (@CENTCOM) June 28, 2026
Donald Tramp Eron navbatdagi marta öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni buzganini ta’kidladi. «Ular heç qaçon saboq çiqarmaydiganga öxşaydi! Şunday payt kelişi mumkinki, biz endi oqilona bölib qola olmaymiz va muvaffaqiyatli boşlangan işni harbiy yöl bilan oxiriga yetkazib qöyişga majbur bölamiz. Bu holda Eron islom respublikasi öz mavjudligini yöqotadi», – deya yozgan Tramp.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi esa eronlik harbiylar «Amerika tajovuziga javoban» AQŞ armiyasining sakkizta obektiga – Kuvaytdagi Ali as-Salom aviabazasi hamda Bahrayndagi Salmon portida joylaşgan AQŞ harbiy-dengiz kuçlari Beşinçi floti bazasiga ballistik raketalar va dronlar bilan zarba yöllaganini ma’lum qilgan. Qayd etilişiça, AQŞ korpus kuçlarining qoidabuzar kemaga nisbatan qöllagan çorasini bahona qilib, Eronning sohildagi beşta postiga hujum uyuştirgan.
Hörmuz orqali ötişni Eron nazorat qilmoqda va bundan keyin qoidabuzar kemalarga nisbatan «yanada qat’iyroq çoralar» qöllanadi, deya qöşimça qilingan korpus bayonotida.
18 iyun kuni AQŞ va Eron örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolangandi. Bu hujjat 60 kun davomida butun front böylab harbiy harakatlarni töxtatiş va uruşni butunlay töxtatiş böyiça muzokaralarni boşlaşni, şuningdek, Hörmuz böğozi oçilişini nazarda tutadi. Ötgan vaqt mobaynida böğoz hududidagi kemalar hujumga uçraşi bilan boğliq bir neça holatlar kuzatildi, bunday holatlarda Amerika kuçlari Erondagi nişonlarga hujum qilib kelmoqda.












