Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi
Shuningdek, qonun bilan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ovoz berish huquqidan mahrum etilmoqda.

Foto: CTV
Estoniya prezidenti Alar Karis uchinchi davlat vakillari, jumladan, Rossiya va Belarus fuqarolarini munitsipal saylovlarda ovoz berish huquqidan mahrum qiluvchi qonunni tasdiqladi. Estoniya konstitutsiyasiga bu boradagi tegishli o‘zgartirish kiritildi, deb xabar beradi ERR.
Qonun, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ham ovoz berish huquqidan mahrum etadi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ular 2025 yil 19 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda oxirgi marotaba ishtirok etishlari mumkin, 2029 yilgi saylovlarda esa qatnasha olmaydi.
«Mahalliy saylovlarda Estoniya va Yevropa Ittifoqi fuqarolari ovoz berishi mumkinligi to‘g‘risidagi qaror, shubhasiz, qonuniy. Ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lganlar davlat ularni jamiyat hayotidan chetlamoqchi yoki ularda xavfsizlik uchun tahdidni ko‘ryapti deb o‘ylamasliklari ham muhim», — deydi Estoniya prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament deputatlari «juda jiddiy oqibatlarga ega qarorni qabul qilgan, ular kelajakda yagona eston jamiyati himoyasi haqida o‘ylagan bo‘lishi mumkin».
Estoniya parlamenti uchinchi davlat fuqarolarini ovoz berish huquqidan mahrum qiluvchi qonunni 26 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida qabul qilgandi.
Estoniya IIVning 2024 yil 1 noyabrdagi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 78 mingdan ortiq Rossiya, 2,6 mingdan ziyod Belarus fuqarolari va 60,5 ming fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istiqomat qiladi.
Estoniyada mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish yig‘inlariga saylovlar har to‘rt yilda bo‘lib o‘tadi. Parlament deputatlarining hisoblashicha, bu vaqt davomida Estoniya fuqarosi bo‘lmagan shaxslar fuqarolik olish uchun ariza berishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33
-
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi
Jahon | 21:27
-
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 21:18
-
O‘zbekistonda nasiya savdo. Bir yilda bo‘lib to‘lash 1,5 barobargacha qimmatga tushadi
Iqtisodiyot | 21:03
Mavzuga oid

23:16 / 05.06.2025
Shvetsiya qamoqxonalarda joy yetishmayotgani sabab mahbuslarni Estoniyaga yuboradi

12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

13:17 / 19.05.2025