2024 yilda bölib ötgan Rossiya-Özbekiston oliy darajadagi uçraşuvlari yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Rossiya Transport vazirligi va Özbekiston Transport vazirligi, şuningdek, «Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» AJ va «Özbekiston temiryöllari» AJ örtasida Transafğon temiryöli loyihasini amalga oşirişni boşlaş böyiça hujjatlar töplami imzolandi. Bu haqda Rossiya Transport vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanişiça, 2025 yilda Rossiyaning ixtisoslaşgan loyiha taşkilotlari özbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda kelişilgan yönalişlar böyiça Transafğon temiryölini quriş loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari bölimlarini tayyorlaşni, şu jumladan yuk taşiş hajmlari prognozini va iqtisodiy samaradorlikni aniqlaşni ta’minlaydi.

Qayd qilinişiça, ikki yönaliş aniqlangan: «Mozori Şarif – Hirot – Dilorom – Qandahor – Çaman» va «Termiz – Naibobod – Lögar – Xarlaçi».

2025 yil 15-16 may kunlari Qozon şahrida bölib ötadigan «Rossiya - Islom dunyosi» forumi doirasida «Pokiston temiryöllari» va Afğoniston delegatsiyasi iştirokida loyihani muhokama qiliş böyiça birinçi sessiya bölib ötadi.

Transafğon temiryöli Markaziy Osiyoni Afğoniston orqali Janubiy Osiyo bilan boğlaşga qaratilgan ulkan xalqaro infratuzilma loyihasidir. Asosiy e’tibor Özbekiston, Afğoniston va Pokistonni boğlaydigan temiryöl qurilişiga, mamlakatlar örtasida yangi transport yölagini yaratişga qaratilgan.

Loyihaning asosiy xususiyatlari:

- Yönaliş: Termiz (Özbekiston) – Mozori Şarif – Kobul – Peşovar (Pokiston);

- Uzunligi: taxminan 760 km, ularning katta qismi Afğoniston orqali ötadi.

Loyiha maqsadi:

- Özbekiston va boşqa Markaziy Osiyo davlatlarining Arab dengizi portlariga (Qaroçi, Gvadar) çiqişlarini ta’minlaş.

- Markaziy va Janubiy Osiyo örtasida yuk taşiş vaqti va narxini qisqartiriş.

- Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani mustahkamlaş.

Loyiha iştirokçilari: Özbekiston, Afğoniston, Pokiston asosiy iştirokçi davlatlardir. Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro taşkilotlarning yordami, şuningdek, Rossiya, Xitoy va Eronning hamkorligi ham bor.