Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Mamlakatda yil boshidan beri 74 kishida sariq bezgak qayd etilgan va 34 kishi ushbu virus oqibatida vafot etgan.
Kolumbiya hukumati sariq bezgak avj olgani sabab butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Sog‘liqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Xaramiloning ma’lum qilishicha, yil boshidan beri 74 kishida ushbu virus qayd etilgan va 34 kishi sariq bezgak oqibatida vafot etgan. Mamlakatning markaziy-g‘arbiy qismidagi Tolima departamentida vaziyat og‘ir. U yerda 22 kishida kasallik aniqlangan.
Mazkur hudud o‘zining qahva plantatsiyalari va chiroyli peyzajlari bilan mashhur bo‘lib, u yerga ko‘plab turistlar tashrif buyuradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda ikki kishida sariq bezgak aniqlangan, 2019 yildan 2022 yilga qadar esa ushbu virus bilan bog‘liq birorta holat kuzatilmagan.
Sariq bezgak — chivin chaqishi oqibatida yuqadigan virusli kasallik. Kasallikning inkubatsiya davri 3-6 kun. Kuchli bel va bosh og‘rig‘i, shuningdek, mushak og‘riqlari kasallik belgilari hisoblanadi. Virusni yuqtirib olgan shaxsning ishtahasi yo‘qoladi, ko‘ngil aynishi va qayt qilishdan aziyat chekadi. Kasallikning yengil holatida belgilar uch-to‘rt kunda o‘tib ketadi.
Kolumbiya prezidenti emlanmagan fuqarolarni Pasxa arafasi xavf yuqori bo‘lgan hududlarga bormaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
10:55 / 04.02.2026
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
20:46 / 08.01.2026