Tumanlarda energiya balansini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi
Prezident tomonidan «Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Foto: Kun.uz
Har bir tuman (shahar) kesimida energiya balansini ishlab chiqish, ularning ko‘rsatkichlarini bajarish, energiyani tejash dasturlari ijrosini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari tashkil etilmoqda. Ularga tuman prokurorlari rahbarlik qiladi.
Energiya balansi – ma’lum bir tarmoq, energiya ta’minoti zonasi, korxona, qurilma uchun belgilangan vaqt oralig‘ida energiya yoki quvvat ishlab chiqarish, iste’mol qilish va yo‘qotishlarning miqdoriy tavsifi.
Shuningdek ishchi guruhlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda:
- aholi iste’molchilari bo‘yicha;
- energiya resurslarini iste’mol qilish madaniyatini oshirish;
- energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish;
- energiya tejamkor uskunalar, shu jumladan, geliokollektor va quyosh panellaridan foydalanish afzalliklarini tushuntirish va ularni o‘rnatishda ko‘maklashish;
- energiya tejamkorlik talablariga mos bo‘lmagan, sertifikatlanmagan nostandart qurilma va jihozlarni almashtirish choralarini ko‘rish;
yengil sanoat (tekstil) korxonalari bo‘yicha:
- umumiy iste’mol quvvatining kamida 40 foizini qoplash uchun quyosh panellari va suv isitkichlarni (geliokollektor) o‘rnatish;
- reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmasini o‘rnatish;
- energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish;
- elektr va gaz hisoblagich ko‘rsatkichi, texnik holati, tamg‘alar butligi, shuningdek, elektr va gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini o‘rganish hamda aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib borish;
yirik sanoat korxonalari bo‘yicha:
- energiya resurslarini iqtisod qilishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- har bir uskuna uchun alohida energiya resurslaridan foydalanishda iqtisod qilish manbalarini aniqlash;
- energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish;
- Katta quvvatli elektr dvigatellarni ishga tushirishda chastota rostlagich qurilmalarni o‘rnatish;
- elektr va gaz hisoblagich ko‘rsatkichi, texnik holati, tamg‘alar butligi, shuningdek, elektr va gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini o‘rganish hamda aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib borish;
kichik va o‘rta biznes korxonalari va boshqa iste’molchilar bo‘yicha:
- quvvati 50 kVtdan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmasini o‘rnatish;
- energiya resurslari iste’mol madaniyatini targ‘ibot qilish;
- energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish;
- energiya tejamkor uskunalar, shu jumladan, geliokollektor va quyosh panellaridan foydalanish afzalliklarini tushuntirish va ularni o‘rnatishda ko‘maklashish;
- energiya tejamkor bo‘lmagan, sertifikatlanmagan, nostandart, qurilma va jihozlardan foydalanishga chek qo‘yish.
Mavzuga oid

12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi

08:07 / 10.04.2025
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

18:23 / 03.04.2025
Xitoyda kichik yadro batareyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

13:18 / 17.03.2025