AQŞ Energetika axboroti boşqarmasi (EIA) ma’lumotlari asosida tayyorlangan yangi tahlilda mamlakatlarning energiya işlab çiqarişi va iste’moli örtasidagi farq taqqoslandi.
Tadqiqotda energiya balansi kvadrillion britan issiqlik birliklari (BTU) orqali baholangan bölib, işlab çiqarilgan umumiy energiya hajmidan iste’mol qilingan energiya hajmi ayirib hisoblangan. Musbat körsatkiç energiya profitsitini, manfiy körsatkiç esa energiya tanqisligini anglatadi.
2024 yilda Rossiya energiya işlab çiqariş böyiça eng yuqori profitsitga erişdi. Mamlakat iste’mol qilganidan 26 kvadrillion BTU köproq energiya işlab çiqargan. Bu taxminan 7 620 trillion kilovatt-soat energiyaga teng.
Mutaxassislar bu holatni Rossiyaning neft, tabiiy gaz, kömir va atom energetikasi sohasidagi yirik işlab çiqaruvçi ekani bilan izohlamoqda. Mamlakatdagi energiya işlab çiqariş hajmi içki ehtiyojdan ança yuqori bölib qolmoqda.

Reytingda ikkinçi örinni Saudiya Arabistoni egalladi. Uşbu davlatda energiya profitsiti 15,1 kvadrillion BTU'ni taşkil etgan. Keyingi örinlarda Avstraliya va Kanada qayd etilgan.
Aksinça, Xitoy eng katta energiya tanqisligiga ega mamlakat sifatida körsatildi. Mamlakatda energiya iste’moli işlab çiqarişdan 39,8 kvadrillion BTU'ga köp bölgan. Bu 11 664 trillion kilovatt-soatdan ziyod energiya hajmiga teng.
Ekspertlar fikriça, Xitoyning ulkan sanoat salohiyati, aholi sonining köpligi va iqtisodiy faollik yuqoriligi mamlakatda energiyaga bölgan talabni keskin oşirmoqda.
Energiya tanqisligi böyiça ikkinçi örinda Hindiston qayd etilgan bölsa, Yaponiya uçinçi poğonani egallagan. Şuningdek, Janubiy Koreya, Germaniya, Turkiya, Italiya va Fransiya ham energiya import qiluvçi yirik davlatlar qatoriga kirgan.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, mamlakatning energiya balansi nafaqat tabiiy resurslarga, balki sanoat tarkibi, texnologiyalar darajasi, aholi soni va davlatning energetika siyosatiga ham boğliq.












