Apple Tramp tariflarini chetlab o‘tish uchun Hindistondan 1,5 million dona iPhone olib chiqadi
Mutaxassislar Trampning tariflari smartfonlar narxining keskin oshishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Foto: Reuters
Apple Hindistondan Qo‘shma Shtatlarga 1,5 million dona iPhone yetkazib berish uchun charter yuk reyslariga buyurtma berdi. Shu yo‘l bilan kompaniya AQSh prezidenti Donald Trampning tariflarini chetlab o‘tishga harakat qilmoqda, deb xabar berdi Reuters.
Qayd etilishicha, bu qaror Apple kompaniyasiga AQShda smartfonlar zaxirasini to‘plashda yordam berishi mumkin. Avvalroq kompaniya Hindistonda smartfon ishlab chiqarish hajmini oshirgan edi.
Agentlikning eslatishicha, tahlilchilar AQShda iPhone narxi keskin oshishini bashorat qilishgan. Chunki Apple kompaniyasining aksariyat qurilmalari Xitoyda yig‘iladi. Tramp esa Xitoydan import qilinadigan tovarlarga 125 foiz boj joriy qilgan.
Shu haftada Tramp Hindistonga joriy qilingan 26 foizlik bojni 90 kunga to‘xtatib turishini e’lon qildi. Apple esa ushbu tanaffusdan unumli foydalanmoqchi.
Kompaniya, shuningdek, Hindistonning janubiy Tamil Nadu shtatidagi Chennay aeroportida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini 6 soatgacha qisqartirishni istamoqda. Bu odatda 30 soat davom etardi, dedi manba. Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Apple Xitoyning ayrim aeroportlarida ham xuddi shunday sxemadan foydalanadi.
Manbaning ta’kidlashicha, yangi bojlar kuchga kirgandan so‘ng mart oyidan buyon 100 tonna sig‘imga ega 6 ta yuk samolyoti Hindistondan havoga ko‘tarilgan.
Agentlikning eslatishicha, Apple har yili dunyo bo‘ylab 220 milliondan ortiq iPhone smartfonlarini sotadi. Hozir AQShga iPhone importining beshdan bir qismi Hindistondan, qolgan qismi esa Xitoydan keladi.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, boj tariflari iPhone narxini kesikn oshirishi mumkin. Oqibatda smartfonlarga talab sezilarli darajada kamayadi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

21:06 / 03.06.2025
Eron uranni boyitishni taqiqlashni «qizil chiziq» deb atadi

20:04 / 03.06.2025
AQSh Suriyadagi 7 ta harbiy bazasini yopadi

18:09 / 03.06.2025
Ukrainaning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi

16:45 / 03.06.2025