Jahon | 08:55
878
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda

Dunyodagi eng uzun yetti temiryo‘l ko‘prigidan oltitasi Xitoy hududida joylashgan. Ular mamlakatning yuqori tezlikdagi temiryo‘l tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasining muhim qismi bo‘lib, poyezdlarning soatiga 350 kilometrgacha tezlikda harakatlanishiga sharoit yaratadi.

Foto: Getty Images

Reytingdagi so‘nggi o‘rinni Pekin katta ko‘prigi (Beijing Grand Bridge) egallaydi. U Pekin–Shanhay yuqori tezlikdagi temiryo‘l magistralining muhim inshootlaridan biri hisoblanadi.

Ko‘prikning uzunligi 48,2 kilometrni tashkil etadi. Garchi u reytingdagi boshqa yirik inshootlarga nisbatan qisqaroq bo‘lsa-da, u hanuzgacha dunyodagi eng yirik temiryo‘l ko‘priklaridan biri sanaladi.

Inshoot poytaxt atrofida tez sur’atlarda kengayib borayotgan shahar aglomeratsiyasi orqali poyezdlarning uzluksiz va yuqori tezlikda harakatlanishini ta’minlash maqsadida qurilgan. Shuningdek, u avtomobil yo‘llari, shahar infratuzilmasi va mavjud temiryo‘l tarmoqlari bilan kesishuvlarni minimal darajaga tushirish imkonini beradi.

Reyting Xitoyning yuqori tezlikdagi temiryo‘l tarmog‘i qay darajada jadal rivojlanganini yaqqol namoyon etadi. Dunyodagi eng uzun yetti temiryo‘l ko‘prigidan oltitasi aynan shu mamlakatda joylashgan.

Bu ko‘priklarning aksariyati Pekin–Shanhay yuqori tezlikdagi temiryo‘l magistrali tarkibiga kiradi. Ularda qurilgan uzun estakadalar poyezdlarning soatiga 350 kilometrgacha tezlikni pasaytirmasdan uzoq masofalarni bosib o‘tishiga xizmat qiladi. Bunday yechim nafaqat harakat samaradorligini oshiradi, balki atrof-muhitga ta’sirni ham kamaytirishga yordam beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid