Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda elektromobil yonib ketdi
Elektromobilning akkumulyator qismida yong‘in kelib chiqqanligi aniqlangan.
10 aprel kuni soat 07:30 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Furqat ko‘chasida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 07:35 da yetib borib, yong‘in soat 08:28 da o‘chirildi.
Aytilgan manzilda elektomobilning akkumulyator qismida yong‘in kelib chiqqanligi aniqlangan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Hurmatli fuqarolar, barcha elektromobillarning batareyalari o‘zida juda katta miqdorda energiyani saqlashi sababli, xalqaro tajribaga muvofiq yong‘in chiqqan akkumulyator ichidagi elektr quvvati to‘liq tugagunga qadar akkumulyatorni sovitish ishlari amalga oshiriladi, shu sababli yong‘inni o‘chirish usuli boshqa oddiy yonilg‘ida yuruvchi avtomobillardan farq qiladi", deyiladi FVV xabarida.
Mavzuga oid
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
09:29 / 20.06.2026
Chilonzorda Kichik halqa yo‘lida transport harakatiga cheklov joriy etiladi
10:23 / 28.01.2026
Yashab turgan uyini berib, ko‘chada qolganlar ham bor: Toshkentda yana bir quruvchi mijozlarini sarson qilmoqda
09:03 / 20.11.2025