Meva-sabzavot mahsulotlari sohasida ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
2025–2026 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
🔸2025 yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini jami 3,5 milliard AQSh dollariga yetkazish;
🔸2025 yil yakunigacha 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olish;
🔸istiqbolli bozorlarga 2025 yilda 442 million AQSh dollari, 2026 yilda 575 million AQSh dollari miqdoridagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ta’minlash;
🔸2025 yilda hududlarda jami 2,1 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha 40,5 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
2028 yil 1 yanvargacha meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiyaga chiqaradigan hamda quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlar uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilanadi:
▪️har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
▪️zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 50 foizini tashkil etganda.
2027 yil 1 aprelgacha dukkakli mahsulotlarni ekish, yig‘ib olish va saralash uskunalari importi uchun bojxona bojining 1 foizlik stavkasi qo‘llanadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning Kiyev va mintaqaga hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Jahon | 12:30
-
O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi
O‘zbekiston | 12:24
-
Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab AQSh fuqarolariga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi
Jahon | 12:20
-
Oilaviy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
Iqtisodiyot | 12:18
Mavzuga oid

11:37 / 11.06.2025
O‘zbekiston va XVJ soliq siyosatini takomillashtirishni muhokama qilmoqda

10:52 / 30.05.2025
Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

21:05 / 19.05.2025