Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada «Robin Hud» solig‘ini joriy etish taklif qilindi
Loyiha ko‘ra, Britaniyada rezident maqomiga ega bo‘lmagan boy odamlar yoki mamlakatga badavlat ekspat sifatida qaytayotganlar budjetga 250 ming funt sterling to‘lashi kerak bo‘ladi.
Britaniyaning Reform UK o‘ng partiyasi mamlakatdagi soliq tizimini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, o‘zgarishlar boy odamlarni mamlakatdan chiqib ketmaslikka undashi, chetga ketganlarni esa qaytishga rag‘batlantirishi kerak. «Islohotchilar»ning fikricha, bu daromadi kam britanlarning ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi.
Taniqli siyosatchi Nayjyel Faraj yetakchilik qiladigan partiya o‘z tashabbusini Britannia Card deb atagan, ammo ko‘pchilik allaqachon uni «Robin Hud solig‘i» demoqda.
Reform UK loyihasiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada rezident maqomiga ega bo‘lmagan boy odamlar yoki mamlakatga badavlat ekspat sifatida qaytayotganlar budjetga bir marta 250 ming funt sterling to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu ularni chet eldagi daromadlari va mol-mulkidan o‘n yil davomida Buyuk Britaniyaga soliq to‘lashdan, meros solig‘idan esa butunlay ozod qiladi.
Bunday usulda to‘plangan pullar to‘liq kam ta’minlangan britanlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Reform UK hisob-kitoblariga ko‘ra, hech bo‘lmaganda 6 ming kishi Britannia Card’ni rasmiylashtirsa, budjetga 1,5 milliard funt kelib tushadi va davlat 2,5 million kam ta’minlangan britanga yordam ko‘rsata oladi.
Farajning ta’kidlashicha, mazkur holatda soliqlar balandligi tufayli hozirda mamlakatdan chiqib ketayotgan badavlat insonlar Buyuk Britaniyani tark etishga majbur bo‘lmaydi. Kam ta’minlangan fuqarolar daromadiga esa har yili 600-1000 funt qo‘shimcha pul oladi — davlat ushbu mablag‘larni yilda bir marta daromadi kam britanlarning hisobraqamiga o‘tkazib beradi.
Ammo ayrim ekspertlarning hisoblashicha, bu kabi sxema mamlakat uchun zarar keltirishi mumkin. Tax Policy Associated hisob-kitoblariga ko‘ra, «Robin Hud solig‘i» mamlakatni yiliga 34 milliard funtdan mahrum qiladi.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026