Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Ukrainaga yana 1 mlrd yevrolik navbatdagi transhni to‘ladi
Yevropa Ittifoqining Ukrainaga to‘lagan makromoliyaviy yordami umumiy miqdori 5 milliard yevroga yetdi. Yevrokomissiya, shuningdek, Ukrainaga infratuzilmani tiklash va modernizatsiya uchun yordam ko‘lami kengaytirilishini e’lon qildi.
Yevrokomissiya Ukrainaga makromoliyaviy yordam (MFA) doirasida yana 1 milliard yevrolik transh to‘ladi. Ushbu to‘lovni hisobga olgan holda Yevropaning Ukrainaga makromoliyaviy yordami umumiy hajmi 5 milliard yevroga yetdi, deb xabar qildi Bryusseldagi idora 9 aprel, chorshanba kuni.
«Bu Ukrainaga frontda va tiklanish choralarini, jumladan, energetika, suv va transport tizimlari kabi muhim infratuzilmani ta’mirlashda yordam beradi», deya ma’lum qilindi Bryusselda. TIVning qolgan mablag‘lari Yevropa komissiyasi tomonidan Ukraina ehtiyojlariga muvofiq taqdim etiladi, bu haqda Yevropa Ittifoqi yetakchilari mart oyida bo‘lib o‘tgan sammitda e’lon qilgan edi.
Bundan tashqari, YeI Ukraina infratuzilmasini tiklash va modernizatsiya qilishda qo‘llab-quvvatlash kengaytirilganini e’lon qildi. Yevropa-Ukraina assotsiatsiyasi kengashi yig‘ilishida tomonlar Ukrainada suv ta’minoti, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti va boshqa infratuzilmani tiklash uchun Yevropa investitsiya banki kreditlari bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu kreditlar jami 300 million yevroni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi kosmik dasturining bir qancha sektorlarida, jumladan Coperrnicus Yerni kuzatish dasturida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuv imzolandi. «Biz Ukrainaga har qachongidan ham sodiqmiz. Biz mamlakatni mustahkamlash va Ukraina shartlariga ko‘ra adolatli va mustahkam tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlamoqdamiz. Bugungi to‘lovlar va kelishuvlar ham umumiy kelajagimizga sarmoyadir», — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen .
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026