O‘zbekiston | 19:12 / 11.04.2025
2364
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi yana bir ko‘cha vaqtincha yopiladi

KHAY va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasi issiqlik quvurlari almashtirilishi sabab 1 maygacha yopiladi.

Foto: Veolia Energy

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi KHAY va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, KHAY bo‘ylab Crafers zavodi yaqini va 99-maktab hududi (KHAY va Oqqurgon ko‘chasi kesishmasi) 11 apreldan 1 maygacha yopiladi.

Mazkur hududda 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari dasturi doirasida issiqlik tarmoqlarining quvurlarini reja asosida almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan mazkur hududda avtomobil yo‘lining bir bo‘lagidagi harakatlanish imkoniyati vaqtincha cheklanadi.

«Yo‘l marshrutini rejalashtirayotganda buni e’tiborga olishingizni so‘raymiz. Tushunishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va ishlar olib borilayotgan hududda ehtiyotkorlikni saqlashga undab qolamiz», — deyiladi xabarda.

Avvalroq eskirgan issiqlik quvurlari almashtirilishi sabab Yunusobod tumanining Asomov ko‘chasidagi yo‘lning bir yo‘lagi, shuningdek, Chilonzor tumanidan o‘tuvchi Lutfiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid