Oq uy: Sumiga zarba - tinchlik zarurligi haqida eslatma
«Sumiga qilingan hujum Trampning bu dahshatli urushni tugatish borasidagi sa’y-harakatlari nima uchun muhim pallaga to‘g‘ri kelishini kuchli eslatdi», - dedi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili.

Foto: REUTERS
13 aprel, yakshanba kuni ertalab Ukrainaning Sumi shahriga qurolli kuchlar tomonidan berilgan raketa zarbasi, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 34 kishining hayotiga zomin bo‘lgani Ukrainadagi urushda tinchlik muzokaralari zarurligini «kuchli eslatdi». Bu haqda shu kuni, 13 aprel kechqurun AQSh Milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Brayan Xyuz bayonot berdi.
«Bugun Sumiga qilingan raketa hujumi prezident Donald Trampning bu dahshatli urushga barham berishga bo‘lgan urinishlari nima uchun hal qiluvchi pallaga to‘g‘ri kelgani haqida aniq va kuchli eslatma bo‘ldi», — deya uning so‘zlarini keltiradi AFP.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Marko Rubio ham xuddi shunday fikrni aytgan edi. «Bu prezident Tramp va uning ma’muriyati nega urushni tugatish va mustahkam tinchlikka erishish uchun ko‘p vaqt va kuch sarflayotgani haqida fojiali eslatma», dedi u.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog o‘zining X mikroblogida: «Rossiya qo‘shinlarining yakshanba kuni Sumidagi fuqarolik obektlariga hujumi barcha odob-axloq chegaralarini kesib o‘tadi», deb yozdi.
«Sobiq harbiy sifatida men maqsadli zarbalar nima ekanligini tushunaman va ular noto‘g‘ri. Shuning uchun ham prezident Tramp bu urushni tugatish uchun qattiq harakat qilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.
Donald Trampning o‘zi Rossiyaning Sumiga raketa zarbasini izohlar ekan, buni «dahshatli voqea» deb atadi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15
-
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda
Jahon | 14:42
-
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi
O‘zbekiston | 14:29
-
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida
O‘zbekiston | 13:29
Mavzuga oid

12:58 / 19.04.2025
Oq uy kovid inson tomonidan yaratilganiga ishonyapti

19:16 / 17.04.2025
«Menga bu medal va qog‘ozlarning keragi yo‘q» – Washington Post Sumiga raketa zarbasi kunidagi taqdirlashda qatnashgan harbiylar bilan gaplashdi

21:20 / 16.04.2025
Ukraina dronlari Shuyaga hujum qildi. Bu yerda Sumiga raketa zarbasi yo‘llagan brigada joylashgan

15:56 / 16.04.2025