Isroil Germaniya TIVni HAMAS jangchilarini rag‘batlantirishda aybladi
Isroil armiyasi G‘azoda HAMAS jangchilari yashiringan shifoxona binosiga zarba berdi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi hujumni qoraladi. Isroil Germaniya Tashqi ishlar vazirligini terrorchilarni tinch aholi nishonlaridan boshpana sifatida foydalanishga undayotganlikda aybladi.

Foto: AP
Germaniya va Isroil tashqi ishlar vazirliklari TSAHALning G‘azo sektori shimolidagi HAMAS jangchilari yashiringan Al-Ahli kasalxonasiga bergan zarbasi yuzasidan bahs-munozaraga kirishdi. Idoralarning xabarlari 13 aprel, yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.
«Biz HAMASning shafqatsiz terroriga qarshi kurashishimiz kerak. Lekin xalqaro gumanitar huquq, aholi punktlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus majburiyat ham amal qiladi. Qanday qilib shifoxonani 20 daqiqadan kamroq vaqt ichida evakuatsiya qilish mumkin?» — bu matn Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok va Germaniya tashqi ishlar vazirligining akkauntlarida nashr etilgan.
«G‘azoda doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga erishish kerak. Garovga olinganlarni ozod qilish va insonparvarlik yordami to‘siqlarini ochish kerak. Aks holda, azob-uqubat, nafrat va ko‘chish yanada kuchayadi», — deyiladi bayonotda.
Isroil tashqi ishlar vazirligi matnga havola berdi hamda shunday izoh taqdim etdi: «Biz HAMASni fuqarolik infratuzilmasidan doimiy ravishda o‘z maqsadlari uchun foydalanishga undaydigan ritorika emas, balki shifoxonalardan foydalanishini aniq va qat’iy qoralash yuz berishini kutamiz». Isroil tomoni Berlin bayonotida «afsuski, yetishmagan» muhim faktlar qolib ketganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Mavzuga oid

14:20
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti

13:04 / 22.04.2025
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti

12:15 / 22.04.2025
Isroil-HAMAS muzokaralarida uzoq muddatli sulh taklif etildi

16:46 / 21.04.2025