Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi
RF TIV rahbari Qozog‘iston prezidentining fikriga qo‘shilmasligini aytdi. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, biror davlatning hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi uchun, o‘sha davlatning hukumati shu hududda yashovchi butun xalqning vakili bo‘lishi kerak.

Foto: TASS
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqi haqidagi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda u «Kommersant»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti agar faqat xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi tamoyiliga tayanilsa, dunyoda ko‘plab mintaqaviy mojarolar kelib chiqishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Jumladan, 2022 yil yozida u BMT Nizomida mustahkamlangan ushbu tamoyil boshqa bir tamoyil – hududiy yaxlitlikka zid ekanini aytgan. To‘qayev bu tamoyil to‘liq amalga oshirilsa, dunyoda 600 dan ortiq davlat paydo bo‘lishi mumkinligini, bu esa parokandalikka olib kelishini ta’kidlagandi.
Lavrov To‘qayevning bu nutqini eslashini, lekin uning nuqtayi nazariga qo‘shilmasligini ta’kidlab, Moskva keyinchalik Ostonaga o‘z pozitsiyasini tushuntirganini ma’lum qildi.
«To‘qayev uchun faqat hududiy yaxlitlik huquqi bor. Lekin yana aytaman: agar BMT a’zosi bo‘lsangiz, Nizomni to‘liq hurmat qilishingiz kerak», deb tushuntirdi u.
Lavrovga ko‘ra, «hukumati shu hududda yashovchi butun xalqning vakili bo‘lgan davlatning hududiy yaxlitligi hurmat qilinadi».
«Hech bir mustamlakachi davlat mustamlakachilar egallab olgan hududda yashovchi barcha xalqni ifodalagan emas. Bu isbot talab qilmaydi! Na Parij, na Lissabon, na Madrid, na London vakili bo‘lgan. Shuning uchun dekolonizatsiya jarayoni BMT Nizomiga to‘liq mos ravishda amalga oshirildi», deb ta’kidladi Lavrov.
To‘qayev xalqaro huquqdan kelib chiqqan holda Qozog‘iston barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillariga sodiqligi haqida bir necha bor gapirgan. Shu sababli Ostona Tayvan, Kosovo, Janubiy Osetiya va Abxaziyani tan olmaydi, dedi u 2022 yil yozida.
Shu bilan birga, u o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR va LXRni «kvazi-davlat hududlari» deb atadi (o‘sha paytda Moskva ularni hali anneksiya qilmagan edi). Qayd etish joizki, aksariyat davlatlar ushbu hududlarning Rossiya tarkibiga kirishiga olib kelgan referendumlarni tan olmaydi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

18:50 / 24.04.2025
«Vladimir, to‘xta!» - Tramp Rossiyaning Kiyevga zarbasi haqida

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

12:43 / 24.04.2025