«Vladimir, to‘xta!» - Tramp Rossiyaning Kiyevga zarbasi haqida
AQSh prezidenti Rossiya tomonidan Kiyevga uyushtirilgan hujumni qoralab, bundan «mamnun emasligini» ma’lum qildi.

Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya armiyasining Kiyevga uyushtirgan raketa zarbalarini qoraladi.
«Men Rossiyaning Kiyevga bergan zarbalaridan mamnun emasman. Buning hojati yo‘q edi va ular juda noo‘rin vaqtda. Vladimir [Putin], to‘xta! Har hafta 5 ming askar halok bo‘lyapti. Kelinglar, tinchlik shartnomasini tuzamiz!» — deb yozadi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Rossiya qo‘shini 24 aprelga o‘tar kechasi Kiyevga ballistik raketalar va dronlar bilan zarba berdi. Eng ko‘p vayronagarchilik Svyatoshinskiy rayonida qayd etilgan, bu yerda turar joy binosiga zarba kelib tushgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevda sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana 90 kishi jarohat olgan — ularning 44 nafari shifoxonalarda.
Kiyevga zarba halok bo‘lganlar soni bo‘yicha 2024 yil iyuldan beri qayd etilgan eng yirik hujumga aylandi. O‘shanda Rossiya raketasi Ukraina poytaxtidagi «Oxmatdet» bolalar shifoxonasiga kelib tushgan va hujum oqibatida 34 kishi halok bo‘lgan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi 24 aprelga o‘tar kechasi berilgan zarbalar Ukraina harbiy obektlariga qaratilganini ma’lum qildi. «Maqsadga erishildi. Barcha obektlar yakson qilindi», — deyiladi idora bayonotida.
Mavzuga oid

10:57
OAV: Tramp ma’muriyati Andrey Yermakdan norozi

10:29
Foto: Eronga berilgan zarbalar Oq uydagi «Situation Room»dan nazorat qilingan

08:33
«Endi tinchlikni tanlash kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan kattaroq bo‘ladi» - Tramp Eronga hujumlar ortidan murojaat qildi

06:21