Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Yevropa Ğazo qamali bekor bölişini talab qilmoqda

Yevropaning uç davlati Isroil mudofaa vaziri Israel Katsning Ğazoni qamal qiliş orqali HAMASga bosim qilinayotgani töğrisidagi bayonotini keskin tanqid ostiga oldi.

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirlari Isroilni Ğazo sektoridagi qamalni zudlik bilan bekor qilişga çaqirdi. Qöşma bayonotda, sektorga yordam yetkazişning töxtatilişi oçarçilik, epidemiya va ommaviy halokat xavfini yuzaga keltirayotgani aytilgan.

«Bu holat zudlik bilan töxtatilişi kerak», — deyiladi vazirlarning qöşma bayonotida. Hujjatda Isroil armiyasining şifoxonalar va humanitar obektlarga zarbalari qattiq qoralangan.

Şuningdek, Isroil qamali Ğazoda yoş bolalarni poliomiyelitga qarşi emlaş dasturi nihoyasiga yetkazilişiga tösqinlik qilayotgani ham tilga olinmoqda. 600 ming bolani qamrab olişi lozim bölgan emlaş dasturining navbatdagi bosqiçi qamal tufayli amalga oşmay qolgan.

Ğazodagi uylarning 90 foizi vayron bölgan

Isroilning keskin hujumlari va muhosarasiga uçrayotgan Ğazo sektoridagi binolarning 90 foizidan ortiği vayron qilingan. Bu haqda BMTning Xalqaro migratsiya taşkiloti ma’lum qilgan.

Taşkilotning X ijtimoiy tarmoğidagi postida şunday deyiladi: «Oilalar himoyasiz vayrona xonadonlarda boşpana topmoqda, çunki ular yaşaşi mumkin bölgan xavfsiz joyning özi qolmagan. XMT ğazoliklarni turar joy bilan ta’minlaşda yordam berişga tayyor. Biroq buning uçun qamal bekor qilinib, çegara punktlar oçilişi zarur».

Isroil armiyasi 18 martdan boşlab 19 yanvardan kuçga kirgan muvaqqat sulhni buzgan holda öt oçişni, Ğazo sektoriga nisbatan şafqatsiz hujumlarni qayta boşladi.

Şundan buyon 1890 nafar falastinlik halok böldi, ularning asosiy qismi keksalar, ayollar va bolalardan iborat. 5000 ga yaqin inson yaralangan.

2023 yil 7 oktyabridan beri Isroilning Ğazo sektoriga qarşi amalga oşirgan hujumlari oqibatida halok bölgan falastinliklar soni 51 ming 266 nafarga yetdi, yaralanganlar soni esa 116 ming 991 nafarni taşkil qilmoqda.