Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
Shuningdek, «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqalar tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shavkat Mirziyoyev Andijonda sport sohasi va olimpiya harakatiga oid taqdimot bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrifi chog‘ida sport sohasi va olimpiya harakatiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini 15 millionga yetkazish maqsad qilingan. Buning uchun «Mahalla ligasi», «Maktab ligasi», «Talabalar ligasi», «Vazir kubogi» va «Kasaba uyushmalari kubogi» kabi musobaqalar tashkil etiladi.
Sportchi yoshlarni saralash va mahoratini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqqa ko‘ra, seleksiya, sport ta’limi va olimpiya tizimini yangi bosqichga olib chiqish ishlari boshlangan. Bunda hududlardagi 254 ta sport maktabi, olimpiya yo‘nalishlariga ixtisoslashgan 56 ta sport maktabi milliy terma jamoalarga asosiy zaxira bo‘ladi. Joylardan saralangan yoshlar tana antropometriyasi va qobiliyatidan kelib chiqib, maqsadli tayyorlanadi.
Ularni tayyorlash uchun yiliga ikki marta «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqalar tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Viloyat bosqichi g‘oliblari har yili dekabrda Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan «Prezident Olimpiadasi»da ishtirok etadi. Musobaqa g‘oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.
Prezident sport ta’limida vertikal tizimni takomillashtirib, ilg‘or uslub va yondashuvlarni tatbiq qilish zarurligini ta’kidladi. Sport maktablarining natijadorligini oshirish, qobiliyatli yoshlarni yetuk sportchilar etib tarbiyalash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning yetakchi treyler ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda yangi shu’ba kompaniyasini ochdi
O‘zbekiston | 10:52
-
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 10:17
-
Mers 30 kunlik otashkesim haqida: To‘p - Moskva tomonida
Jahon | 09:31
-
Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi
O‘zbekiston | 09:07
Mavzuga oid

07:41
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

15:46 / 09.05.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

16:33 / 08.05.2025