AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning reklama birjalari va serverlar bozoridagi monopoliyasi Sherman nomli antimonopoliya qonunini buzadi.

Foto: Kommersant’
Alphabet Inc. tarkibiga kiruvchi Google kompaniyasi onlayn reklama bozorining alohida segmentlarini nazorat qilish imkonini bergan noqonuniy monopoliya yaratgan. Bu haqda AQSh federal sudyasi Leoni Brinkema qarorida so‘z boradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Googleʼning reklama birjalari va serverlar bozoridagi monopoliyasi Sherman nomli antimonopoliya qonunini buzadi hamda bu holat reklama beruvchilar va iste’molchilarga zarar yetkazmoqda.
Bundan tashqari, kompaniya mahsulotlarni noqonuniy «bog‘lab qo‘yish» amaliyotida ham aybdor deb topilgan, ya’ni bir mahsulotdan foydalanish uchun mahsulotga to‘lov qilish kerak bo‘lgan.
The Wall Street Journal’ning yozishicha, bu qaror AQSh Adliya vazirligi tomonidan Googleʼning ayrim reklama aktivlarini majburiy sotishga olib kelishi mumkin. Kompaniyadagilar esa bu ayblovlarga javoban, ular halol raqobat yuritayotgani va Adliya vazirligining da’volari raqamli reklama bozoriga oid eskirgan tushunchalarga asoslanganini bildirgan.
2024 yil 5 avgust kuni AQShning Kolumbiya okrugi sudi federal sudyasi Amit Mexta Google kompaniyasi onlayn qidiruv tizimi bozoridagi monopoliyasini saqlab qolish uchun noqonuniy faoliyat yuritgani to‘g‘risida qaror chiqargandi. Shundan so‘ng Adliya vazirligi Google’ni bo‘lib yuborish bo‘yicha talab qo‘yish imkoniyatini faol ko‘rib chiqa boshladi.
Sud qarorida keltirilishicha, Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi boshqa texnologik gigantlarga o‘z qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida o‘rnatilishi uchun 26 milliard dollar to‘lagan, bu orqali kompaniya raqobatchilarining bozorda muvaffaqiyatga erishishiga imkoniyat qoldirmagan.
Googleʼning reklama texnologiyalari sohasidagi biznesi o‘tgan yili kompaniyaga 31 milliard dollar daromad keltirgan, bu umumiy tushumning qariyb 10 foizini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi
O‘zbekiston | 15:16
-
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:03
-
O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi aytildi
Iqtisodiyot | 14:30
-
AQSh va Saudiyaning $600 milliardlik kelishuvi, yaradorlarga to‘lgan G‘azo, sanksiyalar yechilayotgan Suriya va Pokistonga ultimatum – kun dayjesti
Jahon | 14:23
Mavzuga oid

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

20:45 / 22.04.2025