“Single Media Group” MÇJ 2025 yilda Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlaniş departamentidan köp kvartirali uylar tomiga reklama konstruksiyalarini joylaştiriş böyiça ikkita reklama joyi pasportini olgan. Ulardan biri 2030 yilgaça, ikkinçisi esa 2034 yilgaça amal qilişi belgilangan.
Biroq 2026 yil may oyida kompaniyaga yuborilgan bildirişnomada Toşkent şahrining dizayn-kodi kuçga kirgani, unga köra köp kvartirali uylar tom qismida reklama konstruksiyalarini joylaştiriş taqiqlangani sabab reklama konstruksiyalarini 10 kun içida demontaj qiliş talab qilingan.
Departament reklama joyi pasportlarini bekor qiliş çoralari körilayotganini ma’lum qilgan.
Tadbirkor: «Biz qonuniy ruxsatnoma asosida investitsiya qilganmiz»
Kompaniya vakilining Kun.uz'ga aytişiça, reklama joylari uçun davlatga katta miqdorda tölovlar amalga oşirilgan. Xususan, Şota Rustaveli köçasidagi reklama joyi uçun şu kungaça 270,4 mln söm, Çilonzor tumani Olmazor dahasidagi reklama joyi uçun esa 69,4 mln söm tölangan.
Tadbirkor reklama pasportlari 2030 va 2034 yilgaça amal qilişiga işonib investitsiya kiritganini, yangi dizayn-kod esa amalda ilgari berilgan huquqlarni bekor qilayotganini ta’kidlamoqda.


Kompaniya Ombudsmanga yöllagan murojaatida bir neçta huquqiy asoslarni keltirgan.
Birinçidan, tadbirkor prezidentning 2026 yil 5 fevraldagi PQ-48-son qaroriga tayanmoqda. Mazkur hujjat bilan köp kvartirali uylarni boşqariş tizimi takomillaştirilgan bölib, unda uylarning umumiy mol-mulkidan olinadigan daromadlar qatorida reklama joylaştirişdan tuşadigan mablağlar ham körsatilgan. Qarorga köra, reklama, mobil aloqa antennalari va boşqa umumiy mol-mulkni ijaraga berişdan tuşadigan daromadlar köp kvartirali uyning bank hisobraqamiga yönaltiriladi hamda mulkdorlarning daromadi hisoblanadi.
Şuningdek, qarorning 9-ilovasida işçi guruhlarga













