Nizoli holat yuzasidan avvalroq Kun.uz tarqatgan xabarda aytilganidek, poytaxt hokimligining Raqamli rivojlaniş departamenti tomonidan dizayn kod kuçga kirişi bilan köp kvartirali uylar tomidagi reklama konstruksiyalarini demontaj qiliş borasida talabnoma yuborilgan.
Kun.uz'ga murojaat qilgan tadbirkor hokimlik tomonidan 2030 va 2034 yilgaça muddatga berilgan reklama pasportlarining bekor qilinişi notöğri ekanini aytgandi.
14 iyul kuni Biznes-ombudsman uşbu masalani nazoratga olganini ma’lum qildi.
“Reklama töğrisida”gi qonunga köra, reklama joyining pasporti — Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hamda Toşkent şahar hokimliklari tomonidan beriladigan hujjat bölib, uşbu hujjat yuridik va jismoniy şaxslarning taşqi reklama va axborot obektlarini (konstruksiyalarini) unda körsatilgan yer uçastkasiga, binoga yoki inşootga, mulk şaklidan qat’i nazar, örnatiş huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
“Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonunning 12-moddasiga köra, manfaatdor şaxslarga majburiyatlar orqali qiyinçilik tuğdiriş, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilişi maqsadidagina ularga huquqlar berişni rad etiş yoki ularning huquqlarini boşqaça tarzda çeklaş ma’muriy organlarga taqiqlanadi.
Qolaversa, “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunning 41-moddasiga köra, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytiş kuçiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qöllaniladi”, – deyiladi Biznes-ombudsman bayonotida.
Taşkilot Toşkent şahar hokimligiga reklama pasportlari amalda bölgan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilişiga yöl qöymaslik, şuningdek, qabul qilinadigan qarorlarda qonunçilik talablariga qat’iy amal qiliş yuzasidan xulosa kiritgan.
Agar bu jarayonda tadbirkorlarning mulkiy huquqlari yoki qonuniy manfaatlari buzilsa, Biznes ombudsman öz vakolatlari doirasida ularning huquqlarini, jumladan, sudlarda ham himoya qilişini bildirdi.
Vaziyat böyiça poytaxt hokimligi va Adliya vazirligining izohi bilan Kun.uz'ning avvalgi materialida













