Toshkentdagi Jaloyir ko‘chasi 3 kunga yopiladi
Sergeli tumanidagi Jaloyir ko‘chasi 18-20 aprel kunlari avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu paytda hududda asfaltlash ishlari olib boriladi.

Foto: Sergeli tuman hokimligi
Toshkentning Sergeli tumani hududidan o‘tgan Jaloyir ko‘chasi uch kunga yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jaloyir ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan 18-20 aprel kunlari avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tuman hokimligi fuqarolardan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Avvalroq eskirgan issiqlik quvurlari almashtirilishi sabab Yunusobod tumanining Asomov ko‘chasidagi yo‘lning bir yo‘lagi vaqtincha yopilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yerosti tunneli qurilishi sabab Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 09:50
-
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 09:32
-
2024 yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:10
-
Hindiston Pokiston chegarani o‘qqa tutayotganini ma’lum qildi
Jahon | 08:50
Mavzuga oid

10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi

10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

22:38 / 23.03.2025
Sergelida yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuz berdi

12:00 / 12.10.2024