«Bugun birinçi vitse-boş vazir Sviridenko bu haqda hisobot berdi. Asosiy yuridik masalalar deyarli kelişib olindi. Agar şunday tez va konstruktiv tarzda harakat qiliş davom etsa, bu kelişuv Ukrainaga ham, Amerikaga ham samarali iqtisodiy natijalarni taqdim etadi», — dedi Zelenskiy.

Fevral oyida Ukraina va AQŞ nodir yerosti resurslari böyiça ramkali kelişuvni imzolaşni rejalaştirgan edi. Ammo 28 fevral kuni Oq uyda Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp örtasida yuz bergan ziddiyat tufayli bu amalga oşmadi.

Şundan söng AQŞ tomoni foydali qazilma boyliklar qazib çiqarişni öz içiga olgan yangilangan kelişuv loyihasini yubordi. AQŞ moliya vaziri Skott Bessentning aytişiça, yangi hujjat tölaqonli kelişuv hisoblanadi. Buni Zelenskiy ham tasdiqladi.

Ayni paytda AQŞ prezidenti Donald Tramp Zelenskiy göyoki nodir yer metallari töğrisidagi kelişuvdan voz keçmoqçi ekanini bildirgan edi. Ammo bundan söng Vaşington va Kiyev örtasida texnik muzokaralar ötkazildi.

Şuningdek, Ukraina vitse-boş vaziri, iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko bugun AQŞ bilan yerosti boyliklari böyiça kelişuv muzokaralarida muhim ilgarilaş haqida ma’lum qildi. Bu Ukraina tiklanişi uçun investitsiya jamğarmasini yaratişni ham öz içiga oladi.

Iqtisodiyot vaziri örinbosari Taras Kaçkaning ta’kidlaşiça, Ukraina va AQŞ nodir yer metallari böyiça kelişuv ustida iş olib bormoqda. Tomonlar şu hafta muzokaralar böyiça oraliq natijani belgilaşga intilmoqda.

«Biz yutuqlarimizni yozma ravişda aks ettiriş uçun qöşma bayonot yoki niyatlar memorandumini rasmiylaştirmoqçimiz. Bu muhim, çunki jamoatçilikda köp savollar bor, savollar köp bölsa — turli miş-mişlar ham paydo böladi... Şuning uçun biz bugunoq hatto biror hujjat imzolanişiga ham umid qilyapmiz», — dedi u.