Tramp: "Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi"
AQSh rahbari ikki davlatga o‘z mamlakati bilan biznes boshlashni taklif qildi.

Foto: Kent Nishimura/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina “shu haftada kelishuvga erishishiga” umid bildirdi. Bu haqda u Truth ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
"Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi. Shundan so‘ng ikkala davlat ham AQSh bilan katta biznesni boshlaydi, natijada gullab-yashnaydi va boylik orttiradi", deyiladi Tramp postida.
Tramp qanday «kelishuv» haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi yoki boshqa tafsilotlarni keltirmadi. Moskva va Kiyev AQSh prezidentining bayonotiga hozircha izoh bermadi.
17 aprel kuni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga erishish mumkin bo‘lgan aniq ishoralarni ko‘rmasa, bir necha kun ichida tinchlik kelishuviga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni to‘xtatishini aytdi.
Tramp bir necha kun oldin Rubio, maxsus vakil Stiv Uitkoff va yana bir qancha muhim maslahatchilar bilan suhbatda, agar muvaffaqiyatga erishilmasa, Qo‘shma Shtatlar Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishini taklif qilgan. Omma oldida AQSh prezidenti Rossiya ham, Ukraina ham urushni «to‘xtatmoqchi»ligiga ishonishini aytdi.
17 aprel kuni Parijda Qo‘shma Shtatlar o‘zining yevropalik ittifoqchilariga Ukrainada "kuchli va mustahkam tinchlik sxemalarini" taqdim etdi, deb yozdi Bloomberg. Kelishuv Ukrainaning allaqachon bosib olingan hududlari ustidan Rossiya nazoratini saqlab qolishni, shuningdek, uzoq muddatli sulh tuzilgan taqdirda Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlashni nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26
-
Yozuvchi Salom Rushdiyga hujum qilgan shaxs 25 yilga qamaldi
Jahon | 21:35
-
AQSh Kosmik kuchlari «Oltin gumbaz»ni yaratish 1,5 trln dollardan ortiqqa tushishini baholadi
Jahon | 21:29
Mavzuga oid

21:29
AQSh Kosmik kuchlari «Oltin gumbaz»ni yaratish 1,5 trln dollardan ortiqqa tushishini baholadi

20:58
Juda afsusdamiz – Yevropa yetakchilari Istanbulda o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralariga izoh berdi

20:37
AQSh migrantlar uchun Amerika fuqaroligini beradigan realiti-shou o‘tkazadi

20:35