Uçraşuvda AQŞ Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanoviç, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) boş ijroçi direktori Ben Blek, AQŞ – Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda “Air Producs”, “Cove Capital”, “Templeton Global Investmens”, “Boeing”, “77 Construction”, “BlackRock”, “FLS”, “Visa”, “JP Morgan”, “Meta”, “GULF” korporatsiyalari rahbarlari va yana bir qator kompaniyalar vakillari iştirok etdi.


Davlat rahbari mazkur uçraşuv oxirgi yillarda vujudga kelgan yaxşi an’ananing davomi, AQŞ işbilarmonlarining Özbekistondagi faoliyatini kengaytirişga qiziqişi ortib borayotganining tasdiği ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Iqtisodiy hamkorlik Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklikning asosiy tayanç nuqtalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Mamlakat yetakçisi ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan bir qator dolzarb yönalişlarni belgilab berdi.


Muhim minerallarni özlaştiriş va qayta işlaş, energetika, metallurgiya, moliya, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va boşqa köplab sohalarda aniq loyihalarni ilgari surişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davra suhbati yakunida AQŞ yetakçi kompaniyalari bilan ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi.