«Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlaş hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmonga köra, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi nomi Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi qilib özgartirildi.

Akademiya islomşunoslik va dinşunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda öquv dasturi, qöllanma va darsliklarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan tayanç davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

Akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) islomşunoslik, dinşunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbaşunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud bölgan boşqa sohalar böyiça kadrlar tayyorlaş;

b) ta’lim jarayoniga ilğor pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning sönggi yutuqlarini hamda yetakçi xorijiy oliy ta’lim taşkilotlari tajribasi asosida işlab çiqilgan ta’lim dasturlarini joriy etiş;

v) vijdon erkinligi va konfessiyalararo bağrikenglikni ta’minlaş, radikallaşuv, ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşiriş;

g) diniy-ma’rifiy yönalişda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlaş va naşr qiliş, şuningdek, internet tarmoğida ta’lim resurslarini joylaştiriş va muntazam yangilab boriş;

d) talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantiriş, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlaş, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş;

ye) mamlakatimizda va xorijda diniy sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiliş.

Akademiyada tölov-kontraktdan tuşgan mablağlarning yetişmagan qismi davlat oliy ta’lim muassasalarini saqlaş uçun ajratilgan mablağlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegişli özgartiriş kiritiş orqali qoplanadi.