20 fevral kuni Senatning törtinçi yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi qonun körib çiqildi. Senatorlar bir ovozdan uşbu qonunni ma’qulladi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu hujjat bilan belgilanayotgan asosiy vazifalarning bajarilişi ustidan parlament nazoratini amalga oşiriş maqsadida parlament komissiyasi taşkil etilişi nazarda tutilmoqda.

Ma’lumot uçun, joriy yil 31 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan işlab çiqilgan «Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi» birinçi öqişda konseptual jihatdan ma’qullanib, 9 fevralga qadar jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan edi.
Konsepsiya loyihasi böyiça muhokamalarda aholidan 400 tadan ortiq izohlar, taklif va tavsiyalar kelib tuşgan, ularning 200 dan ortiği ijobiy ekani aytilgan.
11 fevral kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida mazkur qonun loyihasi hamda Konsepsiya loyihasi ikkinçi va uçinçi öqişlarda qabul qilingan edi.
Hujjat prezident tomonidan imzolangaç kuçga kiradi.












