«Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlaş hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi.
Farmonga köra, Buxoro viloyatida Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etiladi.
Bahouddin Naqşband va naqşbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik ğoyalarini ilmiy asosda örganiş uşbu markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Mahkamasi böysunuviga ötkaziladi. U islomşunoslik yönalişidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan boğliq jarayonlar böyiça tahlillarni amalga oşiruvçi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.
Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlaştiruvçi kengaş taşkil etiladi.
Muvofiqlaştiruvçi kengaş diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqot işlarining barça jarayonlarini muvofiqlaştiriş masalalariga mas’ul bölgan maslahat organi hisoblanadi.
Kengaş quyidagi taşkilotlarning ta’lim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlaştiradi:
- Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;
- Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
- Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
- Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi;
- boşqa diniy-ma’rifiy muassasalar.
Şuningdek, Konfessiyalar işlari böyiça kengaş faoliyati takomillaştirilib, uning tarkibiga siyosiy arboblar, jamoatçilik faollari, dinşunos olim va mutaxassislar kuzatuvçi sifatida kiritiladi.












