7 fevral kuni jamoatçilikka yillik hisobot bergan adliya vaziri Ruslanbek Davletov diniy taşkilotlar, ularning ba’zi xodimlari faoliyati borasida öz fikrlarini bildirdi.

«Imom-domlalarimizni juda hurmat qilamiz. Har xil fikrlar bildirib, u fikrlar jamiyatda muhokamalarga sabab bölyapti. Biz huquqiy tomoniga [qaraymiz], çunki huquqşunosmiz. Axloqiy masalalar böyiça heç qaçon çegara yöq, axloqiy standartlar jamiyatda turli-tuman böladi.

Huquqşunoslar adaşmaydigan vijdon ölçovi bu qonun böladi. Diniy taşkilotlarning ayrim vakillari çiqib u işni qilsa bunday bölarkan, bu işni qilsa bunday bölarkan, ma’lum bir viloyatdagilar bunday degan gaplariga huquq nuqtayi nazaridan çidab turolmaymiz.

Bu mumkin emas. Birinçidan, bu jamiyatimizda bölinişga olib keladi, ikkinçidan, diniy taşkilotlarning bunday ixtilof qilişga haqqi yöq.

Bilasizlarmi nimaga? Asosiy sabab mana öşa aytilayotgan insonlar kimlargadir hukm öqib… Mana, muftiy hazrat qanday töğri tuşuntirib berdi, hammada odamlarga tamğa bosiş huquqi yöq. U xohlasa dinga işonadi, xohlamasa işonmaydi. Xohlamasa, umuman tarki dunyo qilib yaşaydi. Ya’ni bu konstitutsion huquqi», - deydi Ruslanbek Davletov.

Şuningdek, adliya vaziri heç kim, ijtimoiy maqomidan qat’i nazar, fuqarolarni qonunda belgilangan huquqlari va kafolatini inkor qilolmasligini bildirdi.

«Biz mana şu signal bilan barça diniy taşkilotlarga, hamma domlalarimizga yetkazib qöymoqçimizki, Adliya vazirligi sifatida bu faoliyatni nazorat qilamiz. Bu borada juda faol işlaymiz, taqdimnomalar ham kiritib…

Çunki jamiyatimizni bu borada heç qaçon bir joyga olib kelib bölmaydi, hammaning öz fikri böladi, bu bölinişga olib kelaveradi. Şuning uçun qonunlarda «hamma özi hal qiladi», deyilgan.

Men axloqiy nuqtayi nazardan bir inson sifatida fikrimni ayta olaman, lekin biz huquqşunos sifatida, davlat boşqaruv organi sifatida şuni yetkazib qöymoqçimiz.

Har bir odam har bir sohada fundamental mutaxassis bölolmaydi, masalan, men ham özimning bir-ikkita sohamni bilaman. U ham bölsa, huquq sohasi içidagi ayrim yönalişlarni bilaman. Qolganlari böyiça biz ham indamay turamiz. Mana şunday yondaşuv bölişi kerak.

Mavzuni Devid Frimen degan olimning fikri bilan yakunlamoqçiman. U «Odamlarga dözaxga kiriş-kirmaslik tanlovini özlariga qöyib beringlar» degan. Buni juda katta olimlar bekorga aytmagan, jamiyat rivojlanişi uçun juda katta ahamiyatga ega.