Baykalortida o‘rmon yong‘inlari sabab federal darajadagi favqulodda holat rejimi joriy etildi
O‘rmon yong‘inlari jami 266 ming gektar maydonni qamrab olgan - bu Moskva shahrining umumiy maydonidan ham katta.

Foto: Rossiya FVV
Baykalorti o‘lkasida o‘rmon yong‘inlari Moskva hududida teng maydonga yoyilgani fonida federal darajadagi favqulodda vaziyatlar rejimi joriy etildi. Bu haqda RF FVV xabar berdi.
«O‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida, Baykalorti o‘lkasidagi holatni federal darajadagi favqulodda vaziyat deb tan olish va Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining tegishli funksional bo‘linmalari uchun «favqulodda holat» rejimini joriy etish taklif qilinmoqda», — deydi idora rahbari Aleksandr Kurenkov hukumat komissiyasi yig‘ilishida.
20 aprel kuni FVVning mintaqaviy boshqarmasi vakili Makar Serebryakov Baykalortidagi o‘rmon yong‘inlari maydoni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 19 baravarga oshganini ma’lum qilgandi. Vazirlik jami 266 ming gektar maydonni qamrab olgan 295 ta o‘rmon yong‘ini qayd etgan, bu esa Moskva shahri umumiy maydonidan ham katta. Kurenkovning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda yong‘in maydoni 192 ming gektargacha qisqargan. Yong‘inni o‘chirishga 1300 dan ortiq qutqaruvchi va 123 ta texnika jalb etilgan.
Yong‘in o‘lkadagi o‘nlab tumanlar — Sretenskiy, Karimskiy, Chernishevskiy, Shilkinskiy, shuningdek, Mogochinskiy, Baleyskiy, Chitinskiy va Tungokochenskiy okruglarni qamrab olgan. Ayni paytda o‘t o‘chiruvchilar yong‘indan Tungokochen qishlog‘ini saqlab qolishga harakat qilinmoqda. Mahalliy aholi vakillaridan biriga ko‘ra, odamlar yonib ketayotgan tomorqalarni o‘zlari o‘chirishga urinyapti. «Bu yerda shamol juda kuchli, hamma yoq tutun, nafas olishning iloji yo‘q. Aeroport tomondagilarning ham tomorqalari yonmoqda, odamlar yugurib yuribdi, suv to‘playapti», — deydi u.
Yaqin kunlarda kuchli shamol kutilayotganligi sababli, FVV qo‘shimcha kuch sifatida Krasnoyarsk va Xabarovsk o‘lkalaridan 100 nafar qutqaruvchi hamda ikkita «Il-76» samolyotini chaqirishga qaror qilgan.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20 / 31.05.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31 / 31.05.2025
Mavzuga oid

21:56 / 29.05.2025
Kanadada o‘rmon yong‘inlari minglab gektar maydonni egalladi

21:34 / 01.05.2025
Isroil olov ichida

19:52 / 01.05.2025
Isroilda o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda gumonlangan 18 kishi qo‘lga olindi

23:44 / 30.04.2025