Jahon | 07:26 / 05.07.2025
1314
2 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 22 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi

San-Luis-Obispo va Riversayd okruglarida yong‘in bilan kurash davom etmoqda, o‘nlab odamlar evakuatsiya qilindi.

Foto: AP

AQShning Kaliforniya shtati San-Luis-Obispo va Riversayd okruglarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari 22 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi, deb xabar bermoqda Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya qilish departamenti (Cal Fire).

Departament saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2 iyul kuni San-Luis-Obispo okrugida boshlangan yong‘in taxminan 21 300 gektar maydonni qamrab olgan. Ayni paytda yong‘inning atigi 10 foizi mahalliylashtirilgan.

Riversayd okrugida 29 iyun kuni sodir bo‘lgan yong‘in 2200 gektarga yaqin maydonni yo‘q qildi va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u 65 foizga mahalliylashtirilgan.

The New York Times gazetasining yozishicha, Cal Fire vakili Toni Devis 50 ta inshoot xavf ostida ekani, 208 kishi evakuatsiya qilinganini bildirdi.

Devisning so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan hudud yaylovlar va quruq o‘simliklarga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lib, bu yong‘inning tez tarqalishiga yordam beradi.

Kaliforniya baliq va yovvoyi tabiat departamenti ekologi Deyv Xakerning aytishicha, yong‘in Carrizo Plains yovvoyi tabiat qo‘riqxonasida sodir bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in qo‘riqxona janubiy qismida yashovchi kiyiklar podasining yashash joyi katta qismini yo‘q qilgan.

Mavzuga oid