Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi
Shifokorlar ayolga artrit tashxisini qo‘ygan, ammo u sun’iy intellekt yordamida o‘zida saraton borligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: The Sun
ChatGPT sun’iy intellekt chatboti amerikalik ayolga bir nechta shifokorlar xatosidan keyin to‘g‘ri tashxis qo‘ydi, deb xabar beradi The Sun.
Loren Bennon 2024 yil fevraldan beri o‘z sog‘lig‘idan xavotirlanib kelgan, bunga jimjiloq barmog‘i ertalab va kechqurun bukilishi qiyinlashib qolgani sabab bo‘lgan. Ayol shifokorlarga murojaat qilgan, ular esa revmatoid artrit tashxisini qo‘ygan. Shu bilan birga, ushbu kasallik uchun topshirilgan test javoblari salbiy chiqqan.
Bir necha oydan keyin Lorenning oshqozonida kuchli og‘riq paydo bo‘lgan — shifokorlar buni kislotali reflyuksiya bilan bog‘lagan. Ayol mutaxassislarning tashxisidan shubhaga borib, o‘zida kuzatilayotgan kasallik belgilarini ChatGPT’ga kiritgan.
Sun’iy intellekt Lorenda Hashimoto — qalqonsimon bezning yallig‘lanishi bilan tavsiflangan autoimmun kasallik mavjudligini darhol aniqlab bergan. «Shifokor menda bu kasallik bo‘lishi mumkin emasligini, chunki oilamda bunday holat uchramaganini aytdi. Ammo meni shunchaki tekshirib ko‘rishlarini so‘radim», — deydi ayol.
Hashimoto kasalligiga topshirilgan test natijasi ijobiy chiqqanidan keyin Loren qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvidan o‘tgan va shifokorlar uning bo‘ynida ikkita saraton o‘simtasi borligini aniqlagan. 2025 yil yanvarda ayol qalqonsimon bez va ikkita limfa tugunini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani boshdan o‘tkazgan, shunga qaramay, u hamon shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Lorenning ta’kidlashicha, ChatGPT yordam bermaganida, Hashimoto kasalligining «odatdagi» belgilari kuzatilmagani bois saraton tashxisi ham qo‘yilmay qolib ketishi mumkin edi. «Shifokor omadim chopganini, chunki kasallik erta aniqlanganini aytdi. Agar ChatGPT’dan foydalanmaganida, aniq bilaman, u tarqalib ketgan bo‘lardi», — deya qo‘shimcha qiladi ayol.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Masxaralangan ta’lim vaziri va mustaqilligi uchun kurashayotgan universitet – Harvarddagi mojaro
Jahon | 11:20
-
Internetda bolalar himoyasi: Buni ta’minlashning imkoni bormi?
O‘zbekiston | 11:20
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 10:44
-
Qaysi hududda yashash va ovqatlanish xizmatlariga talab yuqori?
O‘zbekiston | 10:43
Mavzuga oid

21:41 / 08.05.2025
Sun’iy intellekt 2 ming yillik tarixiy o‘ramni virtual tarzda ochdi va o‘qidi

18:00 / 08.05.2025
AQSh yirik kompaniyalari maktab o‘quvchilarini sun’iy intellekt davriga tayyorlashga chaqirdi

13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

18:59 / 06.05.2025