Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 2 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 14 aprel kuni IIV Tezkor qidiruv departamenti hamda Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Qo‘qon shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs Dang‘ara tumanida joylashgan 5 gektar noturar yer maydonini va unga tutash bo‘lgan davlat zaxirasidagi 2 gektar bo‘sh yer maydonini kadastrda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlashtirib berishni aytib, 450 ming AQSh dollariga sotishini ma’lum qilgan.
Uning vositachi sifatida yuborgan akasi kelishilgan pullardan 50 ming AQSh dollarini bo‘nak sifatida olayogan vaqtida ushlandi.
Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda esa 1992 yilda tug‘ilgan shaxs ushlandi. U MChJga tegishli 2 gektar yer maydonini 1 mln AQSh dollariga, ushbu yer maydoniga tutash bo‘lgan 50 sotix yerni tanishlari orqali 50 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan. Rasmiylashtirish ishlari uchun yana 50 ming AQSh dollari jami, 1,1 mln AQSh dollar talab qilgan.
Oldindan bo‘nak tariqasida 100 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:25 / 21.05.2026