Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan yer maydonini noqonuniy rasmiylaştirib beriş bilan boğliq holat foş etildi.

Aniqlanişiça, Toşkent şahrida yaşovçi, 1979 yilda tuğilgan şaxs tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirib, Yangiyöl tumanida joylaşgan va davlat zaxirasida bölgan 1,5 gektar yer maydonini arxitektura hamda kadastr tizimlarida işlovçi mansabdor tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib berişini aytgan.

Evaziga u 750 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi söralgan mablağning bir qismi sifatida oldindan 20 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX fuqarolarni şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelgan taqdirda idoraning 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilişga çaqirdi. Ma’lum qilinişiça, murojaat etuvçilarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.