Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallab, qo‘shnilarini sezilarli darajada ortda qoldirdi.
Qozog‘iston global ro‘yxatning o‘rtasida joylashgan bo‘lib, Kambodja va Zimbabve bilan bir qatorni bo‘lishib, yiliga kishi boshiga 5,4 litr sof spirt ko‘rsatkichi bilan 83-o‘rinni egalladi.
Markaziy Osiyo mintaqasi miqyosida Qozog‘iston mutlaq yetakchi bo‘lib chiqdi.
-
Qozog‘iston - 5,4 litr (dunyoda 83-o‘rin);
-
Qirg‘iziston - 3,9 litr (dunyoda 101-o‘rin);
-
Turkmaniston - 3 litr (dunyoda 119-o‘rin);
-
O‘zbekiston - 2,1 litr (dunyoda 132-o‘rin);
-
Tojikiston - 0,7 litr (dunyoda 154-o‘rin).
Eng past ko‘rsatkichlar (absolyut nolga yaqin — yiliga 0,1 litr) bir qator musulmon mamlakatlarida — Quvayt, Eron, Suriya va Pokistonda qayd etilgan.
Alkogol iste’moli bo‘yicha dunyoda yetakchi deb Ruminiya tan olingan - 15 yoshdan oshgan har bir kishiga yiliga rekord darajadagi 17,1 litr sof spirt to‘g‘ri keladi.











