Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya va Kiyev o‘rtasida «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi
Vashington Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha yondashuvini o‘zgartirmoqda va muzokaralarda vositachilik qilish uchun endi «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus ma’lum qildi.
Davlat kotibi Marko Rubio AQShning hamkorlik formati o‘zgarishini ochiq aytdi, ammo tinchlikka erishish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash saqlanib qolmoqda, dedi Bryus. Shu bilan birga, Vashington Rossiyaga qarshi joriy sanksiyalarni bekor qilishni rejalashtirmayapti, dedi Davlat departamenti vakili.
Bryus, shuningdek, mojaroning har ikki tomoniga urushni o‘zi tugatishi uchun real qadamlarni taklif qilish va ishlab chiqish vaqti kelganini ta’kidladi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Marko Rubio Fox News telekanaliga bergan intervyusida Moskva va Kiyevning pozitsiyalari bir-biridan ancha uzoqligicha qolayotganini aytgan edi. «Putin butun Ukrainani egallab ololmaydi, Ukraina esa Rossiyani 2014 yilgacha bo‘lgan pozitsiyasiga qaytara olmaydi», dedi Rubio. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlardan voz kechmayapti, biroq prezident Donald Tramp tez orada bu masalaga qancha vaqt va resurslar sarflashga tayyorligini hal qilishi kerak.
Rubio Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi xalqaro kun tartibidagi muhim masala bo‘lib qolayotganini, biroq «Xitoy bilan sodir bo‘layotgan voqealar dunyo kelajagi uchun uzoq muddatda muhimroq» ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026