Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Malibu-2 va skuter to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi
Joriy yilning 4 may kuni soat 20:30 larda Mirobod tumani Eski Sariko‘l ko‘chasi 94-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Malibu-2 rusumli transport vositasi va 1978 yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvidagi skuter mototransport vositasi o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida skuter mototransport vositasining haydovchisi va yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026