Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: G‘arb Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda
Ukrainaning G‘arbdagi ittifoqchilari Kiyevga Patriot raketa tizimlarini yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqda va NATO sammitigacha bu borada kelishuvga erishmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ukrainaning G‘arbdagi ittifoqchilari Kiyevga qo‘shimcha uzoq masofaga mo‘ljallangan Patriot komplekslarini yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqda va 24-25 iyun kunlari Haagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitigacha bu borada kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda 5 may, juma kuni manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Aprel oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy CBS News telekanaliga bergan intervyusida uning hukumati Amerikada ishlab chiqarilgan 10 ta havo mudofaa tizimini sotib olishga tayyorligini aytdi.
Keyinroq Zelenskiy Rim papasi Fransiskning dafn marosimi bo‘lib o‘tgan Vatikanda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bu masalani muhokama qilganiga aniqlik kiritdi.
Reuters manbalaridan biriga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Gretsiya dastlab qo‘shimcha tizimlarning potensial yetkazib beruvchilari qatorida bo‘lgan. Afina keyinchalik yordamda ishtirok etishni rad etdi.
«Ukrainaga Gretsiyadan Patriot tizimlarini yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilmayapti», dedi rasmiylardan biri.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026