Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt Jizzaxda turizm komplekslarini tashkil qilishi mumkin
Sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi, kreditlash, shuningdek, avtosanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan Kuvayt kompaniyalari vakillari "Xalqaro biznes-forum Jizzax – 2025"da qatnashdi.
Foto: "Dunyo" AA
Delegatsiya a’zolarini Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev qabul qildi. Kuvaytlik tadbirkorlar bilan muloqot chog‘ida viloyat hokimi ularni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi. Tomonlar, shuningdek, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Tadbir doirasida Sharof Rashidov tumani hokimligi va Biomedix Medical Group Co. kompaniyasi o‘rtasida tuman hududidagi shifoxona binosida tibbiy laboratoriya faoliyatini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Kuvaytlik investorlar Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, chorvachilikni tashkil etish hamda turizm komplekslarini barpo etish istiqbolli yo‘nalish ekanligini ta’kidladilar.
Mavzuga oid
16:30 / 30.03.2026
Jizzaxda simyog‘och qulashi oqibatida uch qoramol nobud bo‘ldi
20:03 / 26.03.2026
Namanganda 150 mln dollarlik turistik majmua quriladi
21:26 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi quriladi
11:22 / 20.03.2026