Jizzax viloyatida eskirgan simyoğoçlar qulaşi oqibatida uç boş qoramol nobud böldi. Jamoatçilik faoli Xayrulla Qiliçevga köra, hodisa 15 mart kuni Foriş tumani Garaşa qişloğida yuz bergan. 

Hududdan yuqori kuçlanişli elektr liniyasi ötgani, qulagan simyoğoçlar esa 1950-yillarda örnatilgani va ular allaqaçon eskirib çirib ketgani ta’kidlangan. 

Qiliçevning sözlariga köra, qoramollarning egasi zararni qoplab berişni sörab, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Foriş tumani bölimiga murojaat qilgan. Biroq arizaga javob berilmagan.

Şuningdek, voqea sodir bölgan kuni hududga eski simyoğoçlarni almaştiriş uçun beton ustunlar keltirilgan. Biroq ular hamon örnatilmagan.

«Hududiy elektrtarmoqlari» AJ matbuot xizmati holat yuzasidan Kun.uz’ga izoh berdi. 

Dastlabki izohga köra, qoramol egasi hududni tösiqlar bilan örab olgani, amaldagi qonunçilikka köra esa elektr uzatiş liniyalari muhofaza zonasida bunday qiliş taqiqlangani ta’kidlangan. 

Şuningdek, kompaniya holat hozirda örganilayotgani, yaqin vaqt içida hududda yangi beton ustunlar örnatilişini bildirdi.

Bundan taşqari, qoramol egasi tegişli tartibda sudga murojaat qilişi mumkinligi va agar sud kompensatsiya belgilasa, kompaniya zararni qoplab berişga tayyorligi qayd etilgan.