Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini sayladi
Sikstin kapellasi tomiga o‘rnatilgan maxsus mo‘ridan yangi papa saylanganini anglatuvchi oq tutun chiqa boshladi.
Rim-katolik cherkoviga rahbar saylash uchun Vatikanda konklavga to‘plangan kardinallar yangi Rim papasi kim bo‘lishiga kelishib oldi. Sikstin kapellasi tomidagi maxsus mo‘ridan chiqayotgan oq tutun bundan dalolat beradi.
Yangi pontifik etib kim saylangani hozircha noma’lum. Nomzod uchun konklavda ishtirok etayotgan 133 nafar kardinalning uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak edi.
Yaqin orada yangi papa Avliyo Pyotr soboridagi markaziy oynadan ko‘rinish berishi kutilmoqda.
Kardinallar 7 may kuni konklav o‘tkaziladigan Sikstin kapellasiga to‘plangan edi. Biroq birinchi ovoz berish jarayonida Rim papasi saylanmadi.
Saylovlar davomida bir nechta ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi va ularning har biridan keyin byulletenlar yoqiladi. Sikstin kapellasi mo‘risidan esa yangi papa saylanganiga ishora qiluvchi tutun chiqadi. Agar tutun qora bo‘lsa, bir nafar nomzod keraklicha ovoz to‘play olmaganini (jami ovozlarning uchdan ikki qismi va yana bir ovoz — ya’ni 89 ovoz), oq bo‘lsa — saylov amalga oshganini anglatadi.
Mavzuga oid
09:55 / 17.04.2026
Lev XIV “dunyoni vayronaga aylantirayotgan zolimlar”ni keskin qoraladi
19:52 / 15.04.2026
Tramp va Lev XIV bahsi. Voqealar zanjiri
16:52 / 14.04.2026
Tramp Rim papasini tanqid qildi va o‘zining Iso qiyofasidagi suratini e’lon qildi
16:39 / 26.12.2025