Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiya ilgari surgan talablarni «norealistik» deb hisoblaydi - Reuters
Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar yakunlandi. Uning doirasida RF tomoni Luhansk, Donetsk, Xerson va Zaporojjyadan Ukraina qo‘shinlarining olib chiqib ketilishini talab qildi.
Istanbuldagi muzokaralar doirasida Rossiya tomonidan ilgari surilgan talablar «norealistik» va oldinroq muhokama qilingan mavzular doirasidan chetga chiqadi. Bu haqda The Guardian ukrain diplomatlariga aloqador manbasiga tayanib xabar berdi.
Axios muxbiri Barak Ravid ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomoni o‘t ochishni to‘xtatish evaziga Ukrainaning ayrim hududlaridan ukrain armiyasini olib chiqib ketishni talab qilgan.
Ukraina manbasi Sky News bilan suhbatda Moskva talablari orasida yana boshqa «amalga oshirib bo‘lmas» bandlar ham borligini qo‘shimcha qilgan.
Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenkoning ta’kidlashicha, Rossiya «o‘z konstitutsiyasiga qo‘shib olgan barcha oblastlardan (Luhansk, Donetsk, Xerson va Zaporojjya)» Ukraina qo‘shinlari olib chiqib ketilishini talab qilgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etgan.
TASSning ma’lum qilishicha, Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari hozirda yakunlangan. Uchrashuv qariyb ikki soat davom etgan. Muzokaralar tafsiloti hozircha noma’lum.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
10:25 / 09.06.2026