Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik festival o‘tkazilmoqda
1–25 may kunlari Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tmoqda.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy, intellektual va jamoaviy faolligini rag‘batlantirish, madaniy va ilmiy almashinuvni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan va innovatsiyalarni ommalashtirish, shuningdek, yoshlarda liderlik hamda tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsadida o‘tkazilayotgan festival doirasida:
- “Kontent72” ijtimoiy videoroliklar tanlovi;
- “Talabalik davrim” foto va video chellenji;
- “AI-GirlsBootCamp” oromgohi — talaba-qizlar uchun maxsus dastur;
- “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari:
- “Jismoniy tayyorgarlik sinovlari”, “Qalqon” jamoatchilik guruhi uchun o‘quv yig‘inlari, “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi;
- “BMT modeli” loyihasi, “Ibrat” debat turniri, “Yurtim qadriyatlari” tanlovi;
- Talaba va magistrantlar ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiya,
- “Quvnoqlar va zukkolar” festivali o‘tkaziladi.
21–23 may kunlari “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda uch kun davomida turli yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar tashkil etiladi.
Mavzuga oid
10:45 / 15.10.2025
O‘zbekiston yashil tashabbuslarga yiliga 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ sarflaydi
19:37 / 09.10.2025
Yoshlarning «Yashil tashabbuslar»i qo‘llab-quvvatlanadi
18:10 / 29.08.2025
Davlat tomonidan o‘quv markazida o‘qiyotgan yoshlarning xalqaro musobaqa xarajatlari qoplab berilishi mumkin
22:05 / 17.03.2025