“Yoşlarni eşitamiz” muloqotida xalqaro olimpiadalarda iştirok etuvçi yoşlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş masalasi muhokama qilindi. Yoşlar işlari agentligi bu yönaliş uçun maxsus qöllov tizimi işlab çiqilayotganini ma’lum qildi.

Toşkent şahrida joylaşgan Yoşlar ijod saroyida “Yoşlarni eşitamiz” muloqot tadbiri bölib ötdi. Unda öquv markazlarida ta’lim olayotgan 150 nafar yoş bevosita, yana 300 dan ortiq iştirokçi esa onlayn tarzda qatnaşdi. Muloqot davomida yoşlar ta’lim, qonunçilik va öquv markazlari faoliyatiga oid bir qator taklif va muammolarni kötarişdi.

Tadbirda eng dolzarb masalalardan biri sifatida öquv markazlarida ta’lim olayotgan yoşlarning robototexnika kabi yönalişlardagi xalqaro çempionatlarda iştirokini qöllab-quvvatlaş masalasi kötarildi.

Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev uşbu yönaliş böyiça maxsus qöllab-quvvatlaş tizimi işlab çiqilayotganini ma’lum qildi. Unga köra, yoşlarning xalqaro musobaqalarda iştirok etişi uçun zarur moliyaviy xarajatlar davlat tomonidan qoplab berilişi közda tutilmoqda.

“Biz olimpiadaga boradigan bolalarning Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi bilan birga yölkira, yaşaş, yeb-içiş xarajatigaça qoplab beramiz. Kerak bölsa, qarorga punkt qilib qöşaylik – har yili Yoşlar işlari agentligi şu mablağni tölab beramiz.

Fikrimça, olimpiadaga borib faqat qatnaşib kelişning özi yetarli emas, albatta, rağbat kerak. Biz hamkasblarimiz bilan ötirib, qaysi miqdordagi rağbatni bersak töğri bölişini muhokama qilamiz. Sizlar maslahatlarib bizga taklifingizni aytasiz. Biz bu taklifni davlat rahbariga ham yetkazamiz”, - dedi u.

Muloqot çoğida, şuningdek, xususiy maktab va boğçalar uçun kommunal yengilliklar joriy etiş, çekka hududlardagi pedagog kadrlar malakasini oşirişga qaratilgan takliflar ham muhokama etildi. Mutasaddi taşkilotlar bildirilgan fikr va takliflarni örganib çiqib, amaliy yeçimlar taklif etişga va’da berişdi.