Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
"O‘zbekneftgaz" AJ raisi Bahodirjon Siddiqov Misrning Bell Energy kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Haytam Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025" 27-xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston xalqaro energetika forumi doirasida o‘tkazilgan muloqot chog‘ida tomonlar ishlab chiqarish obektlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, innovatsion texnologik yechimlarni joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Muloqot davomida, shuningdek, neft-kimyo va energetika sanoati uchun ko‘p tarmoqli loyihalash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv natijalari O‘zbekistonda texnologik samaradorlikni oshirish, jarayonlarni takomillashtirish hamda neft va gaz sanoatini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026