Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers Sini Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi
Fridrix Mers Germaniya kansleri lavozimiga kirishganidan keyin birinchi marta Xitoy rahbari Si Jinping bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers XXR raisi Si Jinpingni telefon orqali suhbatda Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi, deya ma’lum qildi 23 may, juma kuni Germaniya hukumati matbuot kotibi Shtefan Kornelius.
Mers kansler lavozimiga kirishganidan keyin Si bilan birinchi telefon suhbatida unga Ukrainada «tezroq o‘t ochishni to‘xtatishga erishish» bo‘yicha «Yevropa va Qo‘shma Shtatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari» haqida gapirib berdi va Pekinni bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi, dedi Kornelius. Uning ta’kidlashicha, Mers va Si «global muammolarni hal etishda hamkorlik qilishga» tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
«Kansler va rais Si Germaniya va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning muhimligini ta’kidladilar», dedi Germaniya hukumati vakili va Fridrix Mers «halol raqobat va o‘zaro kelishuv muhimligini» alohida ta’kidlaganini qo‘shimcha qildi. Tomonlar «Germaniya-Xitoy hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida yaqin kelajakda to‘g‘ridan to‘g‘ri fikr almashishni davom ettirishga kelishib oldilar», deya qo‘shimcha qildi Shtefan Kornelius.
Mavzuga oid
09:56 / 11.07.2026
Ryanair reysida illyuminator sindi, yo‘lovchi jarohatlandi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
11:05 / 07.07.2026